AQSh koronavirus xavfidan o‘tgan yili noyabrda xabar topgan

AQSh koronavirus xavfidan o‘tgan yili noyabrda xabar topgan

O‘tgan yili Amerika razvedkasi Xitoyning Uxan shahrida koronavirus avj olgani va uning dunyo bo‘ylab tarqalishidan xavotirda edi.

ABC xabariga ko‘ra, Oq uyga "salbiy oqibatlar" haqida xavotirli hisobot taqdim etildi, ammo hukumat unchalik ahamiyat bermadi.

Ta’kidlanishicha, razvedka rahbariyati Pentagon, Harbiy razvedka boshqarmasi va Milliy xavfsizlik kengashi vakillarini ham ishontirishga uringan, ammo ularning hech biri profilaktika choralarini ko‘rmagan.

Aprel oyining boshlarida Blumberg AQSh razvedka agentliklarining ma’lumotlarini e’lon qildi, unga ko‘ra Xitoy infeksiyalangan va koronavirusdan vafot etganlar soni to‘g‘risida "ataylab to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarni e’lon qildi". Vashingtonga ko‘ra, Xitoy hukumati "avj olish ko‘lamini yashirdi".

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!