Ana xolos! Trampning bir haftada nechchi marta yolg‘on gapirgani ma’lum bo‘ldi

Ana xolos! Trampning bir haftada nechchi marta yolg‘on gapirgani ma’lum bo‘ldi

O‘tgan hafta mobaynida AQSh prezidenti Donald Tramp 21 marotaba yolg‘on bayonot berdi, deb xabar qilmoqda CNN. Bu haqda "xabar.uz" yozmoqda.

Telekanalning hisob-kitoblariga ko‘ra, bu besh hafta mobaynidagi eng yaxshi natija. Bu hisob davlat rahbari qancha so‘zlashiga bog‘liq. O‘tgan haftada u 56 daqiqa so‘zlagan, bu esa yanvar oyidan buyon eng kam ko‘rsatkich.

Ma’lumotga ko‘ra, u demokratlar, Xitoy bilan savdo urushi, Shimoliy va Janubiy Koreya haqida yolg‘on bayonotlar qilgan.

Masalan, Tramp Xitoyning iqtisodiy o‘sish darajasi 35 yil ichidagi eng yomon holatda ekanini aytgan. Ammo ikki hafta avvalgi bayonotida u bu ko‘rsatkichni 27 yil ichidagi eng yomon holat, deya baholagan.

Yana bir misol, u AQSh senatori Sherrod Braunni prezidentlikka nomzod sifatida yodga olgan, lekin senator hech qachon bu lavozimga da’vogarlik qilmagan. Shuningdek, u respublikachilar orasida uning reytingi 94 foiz ekanini aytgan, aslida esa bunday statistik ma’lumot hech qayerda e’lon qilinmagan.

Ta’kidlanishicha, AQSh rahbari eng ko‘p jurnalistlar bilan gaplayotganda adashadi. Bundan tashqari «Twitter»dagi sahifasida va ommaviy nutqlarida ham xatoliklarga yo‘l qo‘yadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!