Ana xolos! Olimlar 300 million yillik jonivorni «tiriltirishdi»! (FOTO)

Ana xolos! Olimlar 300 million yillik jonivorni «tiriltirishdi»! (FOTO)

Zamonaviy texnologiyalar, xususan robototexnika turli fan sohalarida yangi yutuqlarga erishishda qo‘l kelmoqda. Xususan, tarixshunoslik, arxeologiya, biologiya kabi sohalardagi tajribalar bunga yaqqol misoldir.

Yaqinda biolog-evolyusionist Jon Nyakatura (John Nyakatura) hamda robototexnika bo‘yicha mutaxassi Kamilo Melo (Kamilo Melo) bundan 300 million yil avval qirilib ketgan sudralib yuruvchining robotini yaratishdi.

Orabates pabsti deb nomlanuvchi ushbu jonivorning skeleti 3D-printerda chop etib terilgan va robotlashtirilgan mexanizm bilan birlashtirilgan. Hosil bo‘lgan robotga OroBOT deb nom berishgan. Qirilib ketgan sudralib yuruvchining saqlanib qolgan izlariga qarab, bu robotga xuddi originalidek yurishni o‘rgatishgan.

Shu tariqa, zamonaviy texnologiyalar yordamida robotlashtirilgan skeletlarning yaratilishi qirilib ketgan jonivorlarni yanada puxta o‘rganishga xizmat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!