“Amerikani og‘ir kunlar kutmoqda”

“Amerikani og‘ir kunlar kutmoqda”

AQShda fevralning o‘rtalariga borib, koronavirusdan vafot etganlar soni yarim million kishidan oshishi mumkin.

Bu haqda AQSh Kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazining yangi rahbari Roshel Valenski ma’lumotlariga tayanib, “CBS News” kanaliga tayanib “hudud24.uz” xabar berdi.

Uning aytishicha, Amerikada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tobora yomonlashmoqda. Markaz direktorining aytishicha, Yangi yil tadbirlari, bayram sayru sayohatlari, mehmondorchiliklarning oqibatlari o‘zini ko‘rsatmoqda. Natijada kasallanish va o‘limlar soni sezilarli darajada ortgan. Uning aytishicha, mamlakatni “qator musibatli, og‘ir haftalar kutmoqda”.

Avvalroq, Amerikaning Ogayo shtati olimlari AQShda paydo bo‘lgani taxmin qilinayotgan ikkita yangi mutasiyasi aniqlangan.

Tadqiqotchilarning aytishicha, ushbu shtammlardan biri shtat poytaxti — Kolumbus shahrida dekabrning oxiri — yanvarning boshlarida keng tarqalgan edi. Bu shtamm yanada yuqumli bo‘lsa-da, vaksinalarning samaradorligiga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirus bilan zararlanganlar soni 24,5 million kishidan, qurbonlar soni esa, 400 ming kishidan ortgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!