Alisher Usmonov 2019 yil boshida AliExpress Russia korxonasini ishga tushiradi

Alisher Usmonov 2019 yil boshida AliExpress Russia korxonasini ishga tushiradi

Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar fondi, Alibaba Group, Mail.ru va Megafon ning elektron tijorat sohasidagi qo‘shma korxonasi 2019 yil boshida ishga tushadi. Bu haqda USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov ma’lum qildi, deya xabar beradi TASS .

Biz finishga yetib keldik. Kelgusi yildayoq bu korxona ishga tushadi degan umiddaman , ta’kidladi Usmonov.

Milliarderga ko‘ra, kelishuvni yakunlash uchun bir necha shartlar qabul qilinishi lozim edi. Jumladan, texnologik xavfsizlikni Rossiya resurslari hisobidan ta’minlash, shuningdek, Alibaba kompaniyasi texnologiyalaridan Rossiyada foydalanish imkoniyati. Qo‘shma korxona serverlari ham Rossiya hududida bo‘lishi lozim.

Ma’lumot uchun, 2018 yil sentyabrida Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar fondi, Alibaba Group, Mail.ru va Megafon elektron tijorat sohasida Rossiya va MDHda eng yirik qo‘shma korxona bo‘lishi kutilayotgan AliExpress Russia qo‘shma korxonasi doirasidagi strategik hamkorlik haqida ma’lum qilgandi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!