Agentlik kubogining “Eng yaxshi to‘purar”i nominasiyasi “O‘zbekiston” noshiriga topshirildi

Agentlik kubogining “Eng yaxshi to‘purar”i nominasiyasi “O‘zbekiston” noshiriga topshirildi

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi ko‘magida televideniye, radio, matbuot nashrlari, internet saytlari, nashriyot-matbaa ijodiy uylari jamoalari o‘rtasida Agentlik kubogi uchun mini-futbol musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, butun matchlar davomida raqiblar darvozasiga umumiy hisobda 14 gol kiritgan “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi xodimi O‘ktamov Muhammadali Agentlik kubogining “Eng yaxshi to‘purar” nominasiyasiga loyiq ko‘rildi. Aytish lozimki, “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyida faol faoliyat olib borayotgan yosh kadr hisoblanmish O‘ktamov Muhammadali musobaqa davomida qattiq jarohat olganiga qaramay, raqiblar darvozasini ishg‘ol eta oldi. Qolaversa, ushbu to‘purarga “Inson va qonun” gazetasi Bosh muharriri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, yozuvchi Qo‘chqor Norqobil o‘zining maxsus sovg‘asi – “Eng yaxshi to‘purar”ga atalgan kubokni taqdim etdi.

Agentlik kubogi uchun mini-futbol musobaqasining uchinchi o‘rni “Halq so‘zi” terma jamoasiga berildi, ikkinchi o‘rin esa “Zo‘r TV” terma jamoasiga nasib etdi. Musobaqaning mutlaq g‘olibligi – birinchi o‘rin O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi terma jamoasiga topshirildi.

Besh kun davom etgan musobaqa mobaynida OAV vakillari, ziyo tarqatuvchilar bo‘lmish noshirlar sog‘lom turmush tarzini amalda ko‘rsatib, do‘stlik va birdamlik namunasini namoyish etdilar.

Manba: darakchi. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!