300 kmgacha nishonni uradi: AQSh Ukrainaga kuchli raketa yetkazib berishi mumkin

300 kmgacha nishonni uradi: AQSh Ukrainaga kuchli raketa yetkazib berishi mumkin

Amerika Qo‘shma Shtatlari kelasi hafta Ukrainaga yangi qurol-yarog‘, ya’ni HIMARS (High Mobility Advanced Rocket System — balandga uchuvchi raketa tizimlari) yetkazib berilishini e’lon qilishi mumkin. Ukraina rasmiylari uzoq vaqtdan beri bu qurolni olishni istashgan, biroq avvalroq Vashington rad javobini bergandi.

HIMARS 300 kmgacha bo‘lgan masofadagi nishonlarni urish qobiliyatiga ega bo‘lib, zirhli yengil yuk mashinasida joylashtiriladi.

CNN ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh ma’muriyati Ukraina ushbu tizimlardan Rossiya hududiga hujum qilish uchun foydalanishi mumkinligidan xavotir tufayli qurolni yuborishdan bosh tortgan. Kanal manbalarining aytishicha, bu mavzu o‘tgan hafta Oq uyda bo‘lib o‘tgan ikki uchrashuvda muhokama qilingan. AQSh rasmiylari, shuningdek, Rossiya Ukrainaga og‘ir qurollar yuborilishini provokasiya sifatida ko‘rishi mumkinligidan xavotirda, ular fikricha, bu “Qo‘shma Shtatlarga qarshi qandaydir javob zarbasi”ni keltirib chiqarishi mumkin.

CNN suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, Ukrainaga qisqa masofali raketa tizimlarini yetkazib berish ham ko‘rib chiqilmoqda. Ukraina harbiylarini istalgan raketa tizimlaridan foydalanishga o‘rgatish biroz vaqt oladi, deydi rasmiylar, taxminan ikki hafta.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!