Yana bir YHX inspektoriga qarshilik ko‘rsatildi

Yana bir YHX inspektoriga qarshilik ko‘rsatildi
Toshkent viloyati tuman va shaharlarida haydovchilar tomonidan YHX xodimlariga nisbatan asossiz e’tirozlar bildirish, qolaversa, inspektorlarning xizmat vazifalarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish holatlari kuzatilmoqda.
 
Jumladan, joriy yilning 14 noyabr sanasida Toshkent viloyati IIB YHX boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan reydda Bekobod shahrida 10 nafar, Yuqorichirchiq tumanida 8 nafar haydovchining yo‘lovchilarni lisenziyasiz tashiyotgani aniqlangan. Ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ulovlari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
 
Yuqorichirchiq tumanida haydovchi A.X. boshqaruvidagi “Damas” rusumli transport vositasi to‘xtatilganda, haydovchi tegishli hujjatlarni taqdim qilmasdan, xodimlarning xizmat faoliyatini davom ettirishga qarshilik ko‘rsatgan. Oqibatda Yuqorichirchiq tuman ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi tomonidan haydovchi A.X.ga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
 
O‘z o‘rnida, Toshkent viloyati IIB YHX boshqarmasi yo‘lovchilarni lisenziyasiz tashish qonunga xilof ekanligini eslatib o‘tib, hamkorlikdagi qo‘shma reydlar viloyat hududida davom ettirilayotganini ma’lum qiladi.​​
 
Manba: uza.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!