Xushxabar: O‘zbekistonda yana 13 nafar bemor butunlay sog‘aydi (FOTOGALEREYa)

Xushxabar: O‘zbekistonda yana 13 nafar bemor butunlay sog‘aydi (FOTOGALEREYa)

Koronavirus pandemiyasi dunyoning deyarli barcha davlatlariga tahdid solib turgan bir paytda, yurtimizda ushbu xastalikdan tuzalganlarning safi kengayib borayotgani e’tiborga molik. Jumladan, mamlakatimizda ham fidoyi va tajribali shifokorlarimiz sa’y-harakati tufayli koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar navbatma-navbat darddan forig‘ bo‘layotgani barchamizni quvontirmoqda.

SSV Matbuot xizmati fotolari

Jumladan, bugun koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning yana 13 nafari butunlay tuzalishdi. Ularning 12 nafari Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan, 1 nafari esa Xorazm viloyatidagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonadan sog‘ayib chiqishdi.

SSV Matbuot xizmati fotolari

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayganlarni Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov va boshqa mas’ullar Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatishdi.

SSV Matbuot xizmati fotolari

SSV Matbuot xizmati fotolari

Koronavirus infeksiyasi xastaligidan tuzalgan fuqarolarimizning 1 nafari joriy yil 13 mart kuni Istanbul – Toshkent yo‘nalishidagi reysda, yana 1 nafari esa shu yil 18 mart kuni Moskva Toshkent yo‘nalishidagi reys bilan mamlakatimizga kelgan. Qolgan 11 nafar kishi esa koronivirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar bilan muloqotda bo‘lishgan. Ayni paytda yurtimizda koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar 25 nafarga yetdi.

SSV Matbuot xizmati fotolari

SSV Matbuot xizmati fotolari

Tabiiyki, ushbu quvonchli voqea zamirida fidoyi va malakali tibbiyot xodimlarining ulkan hissasi bor. Koronavirus infeksiyasining dunyo bo‘ylab shiddat bilan tarqalayotgan bir paytda, yurtimiz shifokorlari sarosimiga tushmasdan, o‘z qasamyodlariga sodiq holda pandemiya bilan kurashishdek katta mas’uliyatni zimmalariga olishdi. Bor bilim va tajribasini ishga solgan holda qahramonlarcha koronavirus balosiga qarshi kurashishga kirishdilar va samarali natijalarga ham erishmoqdalar. 

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!