Xitoy hukumati Shavkat Mirziyoyevga rasmiy taklif jo‘natdi

Xitoy hukumati Shavkat Mirziyoyevga rasmiy taklif jo‘natdi

Elchi Pekin shahrida o‘tkaziladigan Bir makon, bir yo‘l ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etish uchun O‘zbekiston prezidenti nomiga yo‘llangan Xitoy tomonining rasmiy taklifnomasini topshirdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 16 yanvar kuni Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Szyan Yanni qabul qildi. Suhbat chog‘ida 2019 yil uchun mo‘ljallangan O‘zbekiston Xitoy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, uchrashuvda Toshkent shahrida oliy darajadagi O‘zbekiston Xitoy uchrashuvini o‘tkazishning amaliy jihatlari ham muhokama qilindi.

Bir makon, bir yo‘l forumi ilk bor Pekin shahrida 2017 yilda o‘tkazildi. Mazkur forumda 30 ga yaqin davlat va hukumat rahbarlari hamda yirik xalqaro tashkilot rahbarlari ishtirok etishgandi. Bir makon, bir yo‘l ikkinchi xalqaro forum joriy yilning aprel oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!