Xakerlar shaxsiy akkauntingizni necha pulga buzishlari ma’lum bo‘ldi

Xakerlar shaxsiy akkauntingizni necha pulga buzishlari ma’lum bo‘ldi

Atigi 50 dollarga xaker tomonidan kishi haqida to‘plangan ma’lumotlarning to‘liq paketini xarid qilish mumkin, shu jumladan, uning pochtasi va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari parollarini ham, deb yozadi "Populyarnaya mexanika" nashri.

Takliflarning aksariyati xakerlar anonim ravishda ma’lumotlar bilan almashib turadigan Darknet tarmog‘ida bir dollardan pastroq turadi. Takliflar orasida eng arzoni va eng ommabopi — elektron pochta manzillari va parollardir. Facebook'da o‘g‘irlangan bitta akkaunt bir dollarga yaqin, Netflix — besh dollargacha; kompyuter yoki serverga masofadan kirish - 5 dollardan 50 dollargacha narxlanadi.

Yovuz niyatli shaxslar chegirmalar va bir umrlik kafolat ham taklif etishadi: agar bir akkaunt ishlamay qolsa, uning o‘rniga ikkinchisi mutlaqo bepul taqdim etiladi.

Olingan ma’lumotdan turli maqsadlarda foydalanish mumkin — jabrdiyda pullariga egalik qilishdan tortib, uning kompyuterini allaqanday bot-tarmoqni ulab qo‘yishgacha.

Bu xavfga qarshi qanday kurashish mumkin? Agar pochtangizga kelgan maktub yuboruvchisi sizga notanish bo‘lsa, u holda undan kelgan programmalarni ishga tushirmang va fayllarni ochmang.

Internet foydalanuvchilarini ochiqchasiga g‘alati xabarlar bilan o‘ziga jalb qiluvchi saytlarga kirmang. Va albatta, kompyuter/smartfoningizga ishonchli antivirus o‘rnating.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!