Ofis boshlig‘i bankning 1,5 mlrd so‘m pulini yeb yubordi

Ofis boshlig‘i bankning 1,5 mlrd so‘m pulini yeb yubordi

Bank kassasidagi 1,5 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan ofis boshlig‘i aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda hududiy tijorat bankining Yangiqo‘rg‘on bank xizmatlari ofisi boshlig‘i D.SH. kassa xodimlari M.A. va O.T.ga filial kassasidagi 1,5 mlrd so‘mni go‘yoki Buvayda bank xizmatlari markaziga madad puli sifatida yuborishini aytib, ushbu pullarni hech qanday hujjatsiz olib ketib, noqonuniy o‘zlashtirgan pullari hisobidan Chust tumani, “Guliston” MFY hududida qurilgan ko‘p qavatli uydan 3-xonali kvartira hamda “Malibu” rusumli avtotransport vositasini xarid qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!