Video: Habib Nurmagomedov Toshkentda dabdabali kutib olindi

Video: Habib Nurmagomedov Toshkentda dabdabali kutib olindi

MMA bo‘yicha Toshkent mezbonlik qiladigan GFC 20 musobaqasining faxriy mehmoni Habib Nurmagomedov 20 noyabr, kuni Toshkentga yetib keldi, deb xabar beradi voqea joyidan «Daryo» muxbiri.

23 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan GFC 20 musobaqasida Habibning amakivachchasi Umar Nurmagomedov ham ishtirok etadi. Habib esa musobaqadan ikki kun oldin Toshkentga tashrif buyurdi. Uni Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi kutib oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Habibning otasi Abdulmanap Nurmagomedov charter reys orqali Toshkentga yetib kelgandi.

Ma’lumot uchun, 21 noyabr kuni Toshkentdagi Hilton mehmonxonasida GFC 20 musobaqasidan oldingi matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning o‘zi esa 23 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!