O‘zbekistonda naqd pullar ham karantinga olinmoqda

O‘zbekistonda naqd pullar ham karantinga olinmoqda

Markaziy bank xabar qilishicha, naqd pullar saqlanadigan pul omborxonalari va qayta sanash kassalari hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari tomonidan haftada 1-2 marotaba dezinfeksiya qilinmoqda.

Bundan tashqari, barcha kassalarga kelib tushgan naqd pullar kamida bir hafta muddatda pul omborxonalarida alohida (xonada yoki stellajlarda) saqlash tavsiya etilyapti. Pullar karantinda saqlanayotgan davrda qo‘shimcha naqd pulga ehtiyoj yuzaga kelgan taqdirda, Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan yetkazib beriladi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti virus qog‘oz shaklidagi tashuvchilarda 3-4 kun yashashi, naqd pullardan foydalanish virus tarqalishiga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda. Biroq bankdan chiqqan naqd pullarning aholi va tadbirkorlar qo‘lida muomalada yurishi oqibatida banklarga kelib tushishi uzoq muddatga cho‘zilib ketishi ehtimoli yuqori. 

Hozirgi vaziyatda tovarlarni onlayn xarid qilish, to‘lovlarni naqd pulsiz shaklda amalga oshirish, mobil ilovalar orqali kommunal va ayrim bir martalik to‘lovlarni to‘lash maqsadga muvofiq ko‘riladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!