O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 3400 nafarga yaqinlashdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 3400 nafarga yaqinlashdi

2020 yil 28 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3396 (+27) nafarni tashkil etmoqda.  
 
⚠️Yangi kasallanish holatlarining 16 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan. Shuningdek, Toshkent shahrida 7 nafar aholi orasida, Samarqand viloyatida 1 nafar aholi orasida, Toshkent viloyatida esa 1 nafar aholi orasida, 2 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
 
❗️Ayni paytda yurtimizda 2668 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan. 
 
❗️Hozirda mamlakatimizda 714 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 1 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, 3 nafari esa og‘ir ahvolda. 
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!