O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Koreya Respublikasiga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikerining o‘rinbosari Kim San Xi bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma’lum qildi .

Davlat boshqaruvi tizimida demokratik asoslarni kengaytirish, ijro etuvchi hokimiyat organlari ustidan parlament nazoratini amalga oshirish va qonunchilik bazasini, jumladan, biznes va investorlar bilan munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni takomillashtirishga doir tajriba almashish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Shuningdek, uchrashuv yakunida qo‘shma tashabbuslar va hamkorlik dasturlarini ilgari surishda sinergetik samaraga erishish maqsadida ikki mamlakat parlamentlari va hukumatlari o‘rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha alohida kelishuvlarga erishildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!