O‘zbekiston koronavirus tarqalishi darajasiga ko‘ra JSST reytingida 137-o‘rinda

O‘zbekiston koronavirus tarqalishi darajasiga ko‘ra JSST reytingida 137-o‘rinda

O‘zbekiston koronavirus tarqalishi darajasiga ko‘ra JSST reytingida 137-o‘rinda. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Botir Qurbonov ma’lum qildi.

«2021 yil 24 fevral soat 8:00 holatiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus 218 ta davlatda qayd etilgan hamda 112 648 000 dan ortiq nafar shaxs ushbu kasallikka chalingan.

Kecha JSST jahonda ushbu virus bilan kasallanish kun sayin kamayib borayotgani to‘g‘risida rasman ma’lumot berdi. Kasallikning kunlik ko‘rsatkichi 23 fevralda 371 151 ta holatda belgilandi. Shundan 10 267 nafari kasallik tufayli vafot etgan.
 
O‘zbekiston koronavirus tarqalish darajasiga ko‘ra JSST reytingida 137-o‘rinni egallagan», dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!