Toshkentda ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi va 30 nafarga yaqin fuqaro evakuasiya qilindi 

Toshkentda ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi va 30 nafarga yaqin fuqaro evakuasiya qilindi 

Joriy yilning 3 iyun kuni soat 01.08da Toshkent shahar FVB navbatchilik qismiga Yashnobod tumani “Tong” mahallasi, Tuzel 2-dahasi 22A-uyda (12 qavatli uyning 8- qavatida) yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi.

Voqea joyiga yong‘in o‘chirish ekipajlari soat 01.15 atrofida yetib borib, soat 01-43 da yong‘in o‘chirilgan.
 
Yong‘in-qutqaruvchilar tomonidan yonayotgan xonadondan ikki nafar,  qo‘shni xonadondan bir nafar fuqaro qutqarilgan, shuningdek, yong‘inning binodagi boshqa xonadonlarga o‘tib ketishi hamda undan ajralib chiqayotgan zaharli tutundan yuqori qavatlarda yashovchi aholi zaharlanishining oldini olish maqsadida, uydan 30 dan ortiq fuqaro xavfsiz hududga evakuasiya qilindi.
 
Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. 

Hurmatli fuqarolar, Favqulodda vaziyatlar vazirligi sizlardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so‘rab qoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!