"Toshkent-Termiz"” yo‘lidagi YTHda yonib ketgan jasad topildi. Hozircha shaxsi noma’lum

"Toshkent-Termiz"” yo‘lidagi YTHda yonib ketgan jasad topildi. Hozircha shaxsi noma’lum

15 noyabr kuni Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida yashovchi E.A. boshqaruvidagi “ZIL-130” rusumli yuk avtomashinasini “Ko‘kgumbaz” MFY hududidan o‘tuvchi M-39 “Toshkent-Termiz” yo‘lining 1014-km.da haydab ketayotib, o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan Samarqand viloyatida yashovchi H.M.ning boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashib beton to‘siqqa urilishi oqibatida yuk avtomashinasida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, yong‘in o‘chirish vaqtida “Zil-130” yuk avtomashinasining salonidan osiyo millatiga mansub, 25-30 yoshlardagi noma’lum erkak kishining kuygan holdagi jasadi topilgan. Jasad sud-tibbiy ekspertizasiga yuborilgan. Uning shaxsini aniqlash choralari ko‘rilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!