Toshkent shahar IIBB aholini jiddiy ogohlantirdi!

Toshkent shahar IIBB aholini jiddiy ogohlantirdi!

“Gidrometeorologiya xizmati markazi”ning ma’lumotiga ko‘ra, bugun poytaxtda shamol va qisqa muddatli yomg‘ir kutilmoqda. Shamol tezligi 12-17 m/s gacha yetishi mumkin. 

Shamol daraxtlar va shoxlarni sindirishi, mustahkam o‘rnatilmagan konstruksiyalarni o‘rnidan qo‘zg‘atishi mumkin. Bundan ularning ostidagi odamlar va avtotransport vositalariga shikast yetishi mumkin. 

Toshkent shahar IIBB barcha toshkentliklar va poytaxtimiz mehmonlaridan kuchli shamol kuzatilganida ko‘chada harakatlanmasliklarini,  avtomobillarini daraxtlar va boshqa turli mustahkam bo‘lmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo‘yishlarini so‘radi. 

O‘zingiz va mulkingizni baxtsiz hodisalardan  asrang.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!