Isroilning G‘azoga hujumi qurbonlari soni 34 654 kishiga yetdi

Isroilning G‘azoga hujumi qurbonlari soni 34 654 kishiga yetdi

2023 yil 7-oktabrdan beri blokadadagi G‘azo sektoriga genosidda ayblangan Isroil armiyasining hujumi qurbonlari soni 34 654 kishiga yetdi.

G‘azo sektoridagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning eksklavga quruqlik, dengiz va havodan amalga oshirayotgan yirik hujumlari 211-kundirki to‘xtamayapti.

Oxirgi 24 soatning o‘zida o‘qqa tutilishi oqibatida 32 falastinlik halok bo‘ldi, yana 41 nafari yaralandi.

2023 yil 7-oktabrdan beri Isroilning bombardimon qilishlari va o‘qqa tutilishi natijasida yaralangan G‘azo sektori aholisi soni 77 908 nafarga yetdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!