Vashington raketalarni yetkazib bergan. Ukrainaning maqsadi - Qrim
AQShning Ukrainaga 61 milliard dollarlik harbiy yordam paketi halokat radiusi 300 kilometrgacha bo‘lgan ATACMS raketalarini o‘z ichiga olgani tasdiqlandi.
Bundan tashqari, prezident Bayden Ukrainaga shunday yuzta raketani mart oyida, ya’ni Kongress qaroridan oldin yuborgani ma’lum bo‘ldi.
Aprel oyi o‘rtalarida Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning Qrimdagi Jankoy harbiy bazasiga aniq zarbalar bergan, natijada S-400 zenit-raketa komplekslari bo‘linmasi va boshqa havo hujumiga qarshi mudofaa vositalari yo‘q qilingan.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin ukrainaliklar AQShdan 160 kilometrdan oshmaydigan masofaga ega ATACMS raketalarini olishgan, bu ularga Rossiya armiyasi tomonidan nazorat qilinadigan hududlarda chuqur joylashgan havo bazalari va havo mudofaa tizimlariga zarba berishga imkon bermagan. Vaqti-vaqti bilan Ukraina Qurolli Kuchlari Ukrainaning «Grom-2» operativ-taktik raketalari bilan ushbu ob’ektlarni nishonga olishga urinib ko‘rdi, biroq ularning masofasi chegaralanganligi yoki Rossiyaning elektron urush tizimlariga dosh bera olmasligi tufayli halokatga uchragan.
Tahlilchilarning ta’kidlashicha, amerikaliklar ikki yillik ikkilanishdan so‘nggina Ukrainani uzoq masofaga uchuvchi raketalar bilan ta’minlashga qaror qilishgan va bu urushda yangi bosqich boshlanganidan dalolat beradi.
Negaki, ATACMS yordamida Ukraina endi Rossiyaning mustahkamlangan Qrim hududini o‘t ichida ushlab turishi mumkin.
Ma’lumki, Qrim anneksiya qilinganidan keyin Rossiya aerodromlar, o‘q-dorilar omborlari va havo hujumidan mudofaa bazalarini qurish uchun milliardlab dollar sarflab, yarimorolni mustahkam strategik harbiy bazaga aylantirgan.