Toshkent shahar hokimi maslahatchisi va "Ippadrom" savdo kompleksi AJ rahbari ko‘plab jinoyatlarda ayblanmoqda

Toshkent shahar hokimi maslahatchisi va "Ippadrom" savdo kompleksi AJ rahbari ko‘plab jinoyatlarda ayblanmoqda

Chilonzor buyum savdo kompleksi AJ boshqaruv raisi lavozimida ishlab kelgan Dilmurod Mirtadjiyev o‘rniga O‘ktamjon Otaboyev ish boshlagan.

Bozor ishi bo‘yicha hozircha 23 nafar turli lavozimdagi shaxslar jinoyat ishida Jinoyat kodeksining o‘nlab moddalarida ayblanmoqda.

Sudlanuvchilar orasida Toshkent shahar hokimining sobiq maslahatchisi Rovshan Abdumajitov ham bor. U tovlamachilik, o‘zlashtirish, mansab vakolatini suistte’mol qilish, firibgarlikda ayblanmoqda.

UzNews.uz ning huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yaqin manbasiga ko‘ra, bu jinoyat ishida Rovshan Abdumajitovning o‘g‘li Bekzod ham aybdor sifatida ko‘rilmoqda. Sudya Sarvar Karimov raisligida Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha sudida ko‘rilayotgan sud ishida Toshkent sayohat servis sobiq direktori M. Mo‘minovga nisbatan ham sud-tergovi o‘tkazilmoqda.

Bu sud ishi davomida Djmalov Sadriddin Azamatovichga esa Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish ya’ni, Jinoyat kodeksining 248-moddasi tartibida aybdorlik masalasi ham ko‘rilmoqda.

Bu jinoyat ishi doirasida Bek to‘pi bozorining sobiq rahbari Shukrullo Ergashev ham qamoqqa olingan va u Jinoyat kodeksining 167-moddasi va 205-moddasi bilan ayblanmoqda.

Bu bo‘yicha Bosh Prokuraturadan Surayyo Rahmonovaning ma’lum qilishicha, ishning bir qismi hali 21-boshqarmada tergov qilinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!