Test sinovlarining o‘ninchi kuni: qallobliklar davom etmoqda

Test sinovlarining o‘ninchi kuni: qallobliklar davom etmoqda

Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining o‘ninchi kuni ham odatdagidek ikki smenada tashkil etildi. Har ikki smena natijalarini Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov o‘zining Feysbukdagi sahifasida e’lon qildi.

Unda qayd etilishicha, 10 avgust kuni 25 ta oliy ta’lim muassasalarining 121 ta ta’lim yo‘nalishida test sinovlari o‘tkazilgan.

1-smenada 25 ming 990 nafar abituriyent ishtirok etgan bo‘lsa, test sinovlarining ikkinchi smenasida 22 ming 466 nafar abituriyent qatnashgan.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, kunning birinchi yarmida 760 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmagan, ikkinchi yarmida esa bu raqam 542 nafarni tashkil etdi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 140 nafar abituriyent, shundan 66 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o‘zgalar o‘rniga kirishga uringanligi uchun, 74 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga, boshqa abituriyentga yordam berishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

Test natijalari Feldyegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta’minlagan holda Davlat test markaziga 2-cmena yakunlangandan so‘ng 18.30 dan qaytarish boshlandi.

Aziz Abduhakimov ma’lumotiga qaraganda, test sinovlari belgilangan reja asosida o‘tkazilgan va bu jarayonda hech qanday ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y bermagan.

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!