Tanzaniyada parom cho‘kishi qurbonlari xotirasiga 4 kunlik motam e’lon qilindi

Tanzaniyada parom cho‘kishi qurbonlari xotirasiga 4 kunlik motam e’lon qilindi

Tanzaniya prezidenti Jon Magufuli Viktoriya ko‘lida yo‘lovchi paromi cho‘kishi oqibatida yuzlab odamlar halok bo‘lgani munosabati bilan 4 kunlik motam e’lon qildi. 

“Men bugundan boshlab 4 kunlik motam e’lon qilishga qaror qildim”, deb aytgan Magufuli.

Avvalroq xabar qilinganidek, parom 20 sentyabrda Yukora oroli prichalidan 50 metr narida to‘nkarilib ketgan. Bu payt parom bortida 200 kishi – u ko‘tara oladigandan 2 marta ko‘proq odam bo‘lgan. Bundan tashqari, paromga turli yuk, jumladan makka solingan qoplar, banan va sement ortilgan bo‘lgan. Parom cho‘kishi oqibatida 136 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!