So‘nggi uch kunda Rossiyadan 800 dan ortiq o‘zbekistonlik yurtimizga qaytarildi

So‘nggi uch kunda Rossiyadan 800 dan ortiq  o‘zbekistonlik yurtimizga qaytarildi

Davlatimiz rahbari ko‘rsatmasiga muvofiq xorijdagi fuqarolarimizni O‘zbekistonga olib kelish uchun 25 maydan 7 iyungacha 17 ta charter reysni amalga oshirish belgilangandi.

Bugungacha ushbu reyslarning uchtasi amalga oshirildi. Ushbu reyslarda Rossiya shaharlari – Yekaterinburg, Moskva va Sankt-Peterburgdagi 830 nafar O‘zbekiston fuqarosi ortga qaytarildi.

Xorijdan qaytgan barcha fuqarolar aeroportdan karantin markazlariga yuborilgan.

Bugun, 28 may kuni Toshkent – Rostov-Don – Toshkent hamda Toshkent – Istanbul – Toshkent yo‘nalishida charter reyslari amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!