Sirdaryoda "Nexia" haydovchisi tiriklay yonib ketdi

Sirdaryoda "Nexia" haydovchisi tiriklay yonib ketdi

Joriy yilning 19 noyabr kuni soat 14:25 larda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani hududidan o‘tuvchi M-34 avtomobil yo‘lining 132-kilometrida haydovchi, A.N. boshqaruvidagi "Nexia" rusumli hamda haydovchi, N.Q. boshqaruvidagi "Zil-MMZ 554" rusumli yuk avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan va "Nexia" avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan.

To‘qnashuv va yong‘in natijasida "Nexia" rusumli avtomobil haydovchisi A.N. olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Mirzaobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!