Senat raisi Koreyada o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Senat raisi Koreyada o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Oliy Majlis delegasiyasi a’zolari Seulda O‘zbekistonning ta’lim olayotgan va ishlayotgan yoshlari bilan ham uchrashdi. Uchrashuvda mamlakatimizni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi, yoshlarning O‘zbekistondagi islohotlar va yangilanish jarayonida faol ishtirok etishi haqida so‘z yuritildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati.

Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tdi, har bir ishtirokchi nafaqat o‘z fikri bilan o‘rtoqlashish, balki o‘zini qiziqtirgan savolini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisiga berish imkoniga ega bo‘ldi.

Uchrashuv yakunida parlament a’zolari ta’kidlaganidek, yoshlar bilan doimiy muloqotda bo‘lish, ularning manfaatlarini e’tiborga olish hamda bilimli va ijodkor yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlarga doir davlat siyosatining maqsadlaridan biridir.

Shuning bilan O‘zbekiston parlamenti delegasiyasining Koreya Respublikasiga tashrifi yakunlandi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!