Rossiya amerikaliklarga javoban «yadroviy apokalipsis qurolini» qaytaradi

Rossiya amerikaliklarga javoban «yadroviy apokalipsis qurolini» qaytaradi

Rossiya bugungi kunda «Perimetr» yoki «O‘lik qo‘l» deb nomlangan sovuq urushning maxfiy tizimiga qaytmoqda. Bu haqda «Tengrinews» xabar berdi.

Ushbu tizim yadro hujumi sodir bo‘lganda, inson aralashuvisiz raketalarga javoban avtomatik ravishda ishga tushadi.

Rossiyaning ushbu avtomatlashtirilgan tizimi «o‘ta halokatli» bo‘lib, u G‘arbning tashvishlanishi uchun barcha asoslarni beradi. «Apokalipsis yadro quroli»ning qaytarilishi prezident Donald Trampning AQShning 1987 yilgi o‘rta va qisqa masofaga uchadigan raketalarni uchirish kelishuvidan chiqishi to‘g‘risidagi qarori bilan bog‘liq. Trampning Rossiya ushbu shartnomani buzayotgani degan to‘g‘risidagi da’vosi Moskvani g‘azabini keltirdi va havotiriga sabab bo‘ldi. Sababi AQSh raketalari, aytaylik, Germaniya yoki Polshada joylashtirilsa, ular Rossiya hududiga uchib o‘tish imkoniga ega bo‘ladi.

Rossiyaning geografik holati Qo‘shma Shtatlarga faqat qit’alararo ballistik raketalar yordamida zarba berish imkonini beradi. 1990 yillarda Rossiya strategik raketa kuchlariga rahbarlik qilgan Viktor Yesin afsonaviy «Perimetr» tizimi hali ham mavjud ekanligini tasdiqlagan.

Viktor Yesinning so‘zlariga ko‘ra, agar Qo‘shma Shtatlar Yevropada o‘rta masofaga uchadigan raketalarni joylashtira boshlasa, Rossiya bunga javoban ogohlantiruvchi yadroviy urush doktrinasiga o‘tish masalasini ko‘rib chiqadi. «Perimetr» tizimi ishlamoqda, u hatto avvalgidan-da takomillashib ketgan.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!