Romitanlik jinoyatchi Toshkentda qo‘lga olindi

Romitanlik jinoyatchi Toshkentda qo‘lga olindi

Romitan tumani Ichki ishlar bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining 46,166-moddasi (talonchilik) 3-qismi va 169-moddasi (o‘g‘irlik) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan va  sud idoralaridan yashirinib yurgan fuqaro qo‘lga olingan.

Unga Jinoyat ishlari bo‘yicha Romitan tuman sudi tomonidan 2020 yil 23 sentyabr kunidan qidiruv e’lon qilingan.

Qidiruvdagi SH.A. ning Toshkent shahrida yurganligi to‘g‘risida olingan tezkor ma’lumotlar asosida, yashirinib yurgan joyi aniqlangan.

Qo‘lga olingan jinoyatchi Probasiya va Jazoni ijro etish bo‘limiga qarashli 4-sonli Tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!