Ramzan Qodirov: "Makronning bayonoti fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin"

Ramzan Qodirov: "Makronning bayonoti fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin"

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Fransiya prezidenti Makronni terrorizmning yetakchisi deb atadi. Checheniston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Fransiya rahbarining bayonotlari fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin. Qodirov, shuningdek, hukumat "din" kabi tushunchalarni hurmat qilmaguncha, Yevropa mamlakatlarida munosib kelajak va tartib bo‘lmaydi, deb hisoblaydi. Checheniston rahbari iymonni masxara qilish o‘qituvchi bilan Parij atrofidagi fojiaga sabab bo‘lganini aytdi.

Avvalroq, Parijda va Fransiyaning boshqa shaharlarida o‘ldirilgan o‘qituvchiga bag‘ishlangan aksiyalar bo‘lib o‘tdi. Qotillikka o‘qituvchining Muhammad payg‘ambarimiz (s. a. v)ning karikaturalarini namoyish etishi sabab bo‘lganligi aniqlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!