Buxoroda to‘y kortejida istagan ishini qilgan kuyovnavkarlar javobgarlikka tortildi

Buxoroda to‘y kortejida istagan ishini qilgan kuyovnavkarlar javobgarlikka tortildi

Kogon tumanida yashovchi fuqarolar – SH.T. hamda N.M.ning nikoh to‘yi munosabati bilan kelin-kuyovlarni FHDYo bo‘limiga olib borish uchun oltita avtomobil jalb etildi. Kuyovnavkarlar avtoulovlarda markaziy ko‘chada yo‘l harakati qoidalarini buzib, guruh-guruh bo‘lgan holda harakatlanishdi.

Ular ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lishni istab, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga ham chiqishgan. Shuningdek, avtomobillarga «migalka» maxsus moslamasini o‘rnatib, ovoz kuchaytirgichlar orqali shovqin-suron ko‘targan. Ushbu holat yuzasidan Kogon tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi guruhi tomonidan va haydovchilarga nisbatan chora ko‘rildi.

Bundan tashqari, avtoulov egalari yashayotgan manzillarda aholi o‘rtasida haydovchilar ishtirokida tushuntirish hamda profilaktik ishlar olib borildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!