Qashqadaryoda shu yilning 3 oyida 381 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etildi

Qashqadaryoda shu yilning 3 oyida 381 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etildi

Qashqadaryo viloyat sudlari tomonidan joriy yilning yanvar – mart oylari davomida 1202 nafar shaxsga nisbatan 900 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan.

Bu haqda Qashqadaryo viloyati sudida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ta’kidlab o‘tildi.

— Hisobot davrida ishi ko‘rib tamomlangan shaxslarning 980 tasi bo‘yicha ayblov hukmi chiqarilgan, — deydi Qashqadaryo viloyati sudi raisi Abduqayum Mahkamov. — Shuningdek, 219 nafar shaxsning ishi harakatdan tugatilgan bo‘lsa, bir nafar shaxs birinchi instansiyada, 2 nafari esa apellyasiya instansiyasida oqlangan.

Abduqayum Mahkamovning qo‘shimcha qilishicha, ayblov hukmi chiqarilgan shaxslarning 107 nafariga jarima, 2 nafariga esa majburiy jamoat ishlari, 253 nafariga axloq tuzatish ishlari, 192 shaxsga ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanilgan. Shuningdek, 10 nafar shaxs shartli hukm qilingan bo‘lsa, 35 nafar shaxsga nisbatan jazo tayinlanmasdan hukm chiqarilgan. 381 nafar shaxsga nisbatan esa ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq jazo qo‘llanilgan.

Matbuot anjumanida viloyatda ayrim jinoyatlar, masalan, qasddan odam o‘ldirish, o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish, qiynash, qo‘shmachilik, bosqinchilik, tovlamachilik, talonchilik pora berish bilan bog‘liq jinoyatlar o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan o‘sganligi ham tahlil qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!