Qashqadaryo koronavirusga tayyor emasmi?

Qashqadaryo koronavirusga tayyor emasmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda koronavirusni aniqlovchi jihoz yo‘qligi bo‘yicha ma’lumot tarqatildi. Kasallik kelsa ham aniqlab bo‘lmas ekan.
Xo‘sh, bu vajlar qanchalik haqiqatga yaqin?
Viloyatda koronavirusni aniqlash bo‘yicha maxsus jihozlar va testlar bilan ta’minlanish darajasi qanday?

Bu savollarga Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Tursunov «Qashqadaryo» telekanali orqali javob berdi:

-Viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiyot xodimlari, karantinga turgan fuqarolar barcha tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan. Karantinga olinganlarda koronavirus infeksiyasini aniqlash bo‘yicha bizga  Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan test sistemasi yetkazib berilgan va ko‘rsatmaga asosan tekshirishlar olib borilmoqda. Bu borada hech qanday muammo yo‘q,- deydi Doniyor Tursunov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda ham koronavirus kasalligiga chalingan bemor aniqlangani haqida xabar bergan edik.
14 yoshli bemor Chiroqchi tumanida istiqomat qilishi, unga kasallik O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan 39 yoshli shifokordan yuqqani ham aytilgandi. Keyinchalik 14 yoshli o‘smir vafot etgan shifokorning jiyani bo‘lgani ham tasdiqlandi.

Manba: nnews.uz

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!