Putin Qirg‘iziston prezidentiga ajoyib shamshir sovg‘a qildi (+foto)

Putin Qirg‘iziston prezidentiga ajoyib shamshir sovg‘a qildi (+foto)

 Rossiya yetakchisi Vladimir Putin Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovga shamshir hadya qildi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston agentligiga manbalari ma’lum qildi.

Putin Qirg‘iziston prezidentiga ajoyib shamshir sovg‘a qildi (+foto)

Japarov 24-25 fevral kunlari Moskvada rasmiy tashrif bilan bo‘ldi. Qirg‘iziston prezidenti rossiyalik hamkasbi bilan uchrashib muzokaralar o‘tkazdi. Japarov keyinroq Rossiya OAVlariga bergan intervyusida Putinga qirg‘iz ustalari yasagan qilich hadya qilganini ma’lum qildi.

Putin Qirg‘iziston prezidentiga ajoyib shamshir sovg‘a qildi (+foto)

“Eng qizig‘i, Vladimir Vladimirovich ham Sadir Nurgojoyevichga oltin va boshqa qimmatbaho metallar bilan yasalgan naqshli shamshir sovg‘a qildi”, - degan manbalar.

Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibi Galina Bayterek ushbu xabarni tasdiqlangan va shamshir Tarixiy muzeyga berilishini aytgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!