«PSJ» Mbappeni qanchaga sotmoqchi ekanini aytdi

«PSJ» Mbappeni qanchaga sotmoqchi ekanini aytdi

«PSJ» klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Kilian Mbappega xaridor bo‘layotgan klublar so‘ralgan transfer puli to‘lanmaguncha uni boshqa jamoaga qo‘yib yubormoqchi emas.

Le Parisien’ning yozishicha, «PSJ» amaldagi shartnomasi 2022 yilda yakunlanadigan 22 yoshli fransiyalik forvardning yillik maoshini 30 million yevroga yetkazib, kelishuvni uzaytirishni maqsad qilgan. Qayd etilishicha, Parij klubi Kilianni 200 million yevro transfer pulidan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. 

Mbappe 2017 yilda «Monako»dan «PSJ» safiga ijara asosida qo‘shilgan bo‘lib, tomonlar 2018 yilda 145 million yevro evaziga transferni rasmiylashtirgan edi.

Ma’lumot uchun, Mbappe «PSJ» safida joriy mavsumda 29 o‘yinda 21ta gol va 5ta golli uzatmani amalga oshirgan. 22 yoshli goleador YECHL 1/8 finali doirasidagi «Barsa»ga qarshi o‘yinda (4:1) het-trik qayd etgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!