Osiyo chempionati-2020 laureatlari e’lon qilindi

Osiyo chempionati-2020 laureatlari e’lon qilindi

Osiyo chempionati (U-23) finali Janubiy Koreya – Saudiya Arabistoni (1:0) uchrashuvidan keyin tashkilotchilar tomonidan turnir laureatlari taqdirlandi.

Janubiy Koreya olimpiya jamoasi musobaqaning bosh sovrini va oltin medallarini qo‘lga kiritish bilan birga jamoa tarkibidagi Von Du-Jae musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Shuningdek, koreyslar posboni Son Bum Keun turnirning eng yaxshi darvozaboni deya taqdirlandi.

Mezbon sanalmish Tailand olimpiya jamoasi hujumchisi Yaroensak Vonggorn esa Osiyo chempionatining eng yaxshi to‘purari deb topildi. Tailandliklar forvardi musobaqada 3 ta golga mualliflik qilgan. Shuningdek, yana 4 futbolchi turnirda 3 tadan gol kiritishgandi.

(U23) Osiyo chempionati-2020 laureatlari:

«Eng yaxshi o‘yinchi» - Von Du-Jae (Janubiy Koreya)

«Eng yaxshi darvozabon» - Son Bum Keun (Janubiy Koreya)

«Eng yaxshi to‘purar» - Yaroensak Vonggorn (Tailand).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!