Noma’lum shaxslar koronavirusga chalingan bemorlarga kislorod yetkazib beradigan quvurni o‘g‘irlab ketishdi

Noma’lum shaxslar koronavirusga chalingan bemorlarga kislorod yetkazib beradigan quvurni o‘g‘irlab ketishdi

Chita shahar kasalxonasida noma’lum shaxslar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarga kislorod yetkazib beradigan 13 metrli mis quvurni o‘g‘irlab ketishdi.

Bu haqda Baykal orti o‘lkasi matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 19 oktyabrm kuni COVID-19 kasallari davolanadigan 1-sonli shahar kasalxonasi hududida sodir bo‘lgan. 19.30 da shamollatish moslamalari kislorod bilan ta’minlash tizimidagi bosim keskin pasayganligi to‘g‘risida signal berishgan. Buning sababi 13 metrli mis quvurining yo‘qolishi bo‘lgan. Qayd etilishicha, kasalxonada 200 ta yotoq mavjud bo‘lib, shularda 150 tasi kislorod tarqatish tizimiga ulangan.

Ta’kidlanishicha, uzluksiz kislorod etkazib berishni talab qiladigan beshta bemor boshqa binoning jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan. Hech kim zarar ko‘rmagan, tiklash ishlari olib borildi.

Ayni paytda voqea joyida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ishlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!