Myanmadagi isyonlarda bir kunda 18 kishi o‘ldirildi

Myanmadagi isyonlarda bir kunda 18 kishi o‘ldirildi

 

 

 

 

Myanmada hukumatni egallab olgan harbiylarga qarshi isyonlar avjiga chiqmoqda. Tinch namoyishchilarga qarshi o‘t ochilishi oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘lgan, 30 dan ziyod kishi jarohatlangan. Bu haqda 28 fevral kuni «Reuters» agentligi BMT inson huquqlari bo‘yicha oliy komissariga asoslanib xabar berdi.

«Myanmada aholiga qarshi zo‘ravonlik kuchayib borayotganini qattiq qoralaymiz va harbiylardan tinch namoyishchilarga qarshi kuch ishlatishni darhol to‘xtatishni talab qilamiz», — deyiladi tashkilot «Twitter»da bergan bayonotda.

«Reuters» xabariga ko‘ra, mamlakatning ko‘plab shaharlarida namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Ularning eng yirigi, poytaxt Yangonda kuch ishlatar tizimlar odamlarga qarshi tutovchi granatalar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz bilan birga, jangovar o‘t ochar qurollarni ham qo‘llagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!