Mirziyoyev: "O‘ktam Barnoyevga og‘ir sohani berib, ko‘nglim tinchigandi. Afsus..."

Mirziyoyev: "O‘ktam Barnoyevga og‘ir sohani berib, ko‘nglim tinchigandi. Afsus..."

Shavkat Mirziyoyev bugun marhum O‘ktam Barnoyevning xonadonida bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

– O‘ktamjon olijanob, zabardast, fidoyi, vatanparvar, o‘rnak olishga arzigulik inson edi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Bosh vazir paytlarimda ham birga ishladik. Gapirmasam ham meni tushunardi. Bir insonning tarbiyalanib, shunday kadr bo‘lib yetishishi oson emas. Ayniqsa, oxirgi paytlar og‘ir sohani berib, ko‘nglim tinchib, ko‘p ishlarni boshlagan edik. Bu ofat butun dunyoga keldi. Qo‘limizdan kelgan hamma narsani qildik. Lekin o‘lim haq. Allohning irodasi ekan. Bu hammamizga musibat. Joyi jannatda bo‘lsin!

Prezident marhumning oilasi, farzandlari doimiy e’tiborda bo‘lishini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!