Meksikaning sobiq prezidenti pora olishda ayblandi

Meksikaning sobiq prezidenti pora olishda ayblandi

Kolumbiyalik giyohvand moddalar sotuvchisi Aleks Sifuyentes Meksika sobiq prezidenti Enrike Penya Nyetoni narkobaron El Chapodan pora olganlikda aybladi.

Bu haqda Aristegui Noticias nashri xabar bermoqda.

Sifuyentes Nyu-York sudida El Chapo ishi jarayonida sodir bo‘lgan fitna haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, El Pacho Nyetoga prezident bo‘lishidan oldin 100 million dollar pora bergan ekan.

Qayd etilishicha, Nyetoning prezidentlik davrida narkobaronni ikki marotaba qo‘lga olishgan, yakunda esa AQShga ekstraditsiya qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!