May oyining so‘nggi kunlari kuchli shamol va yog‘ingarchiliklar kuzatiladi

May oyining so‘nggi kunlari kuchli shamol va yog‘ingarchiliklar kuzatiladi

Gidrometeorologiya xizmati markazidan xabar qilinishicha, may oyining so‘nggi kunlari ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. 

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida 28 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 29-31 may kunlari ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat 28 mayda kechasi 17–22°, kunduzi 32–37°; 29-31 mayda kechasi 13–18°, kunduzi 25–30 daraja issiq bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida harorat 28–30 mayda kechasi 17–22°, 31 mayda 15–20°, 28-29 mayda kunduzi 34–39°, 30-31 mayda 28-33 daraja issiqqacha pasayadi. 

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida harorat kechasi 15–20°, 28–30 may kunlari kunduzi 31–36°; 31 mayda 28–33 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida harorat kechasi 17–22°, kunduzi 28-29 may kunlari 34–39°; 30 mayda 32–37°, 31 mayda 30–35 daraja issiq bo‘ladi. 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida harorat kechasi 28 mayda 10–15°, 29–31 may kunlari 15-20°, kunduzi 31-36 daraja issiq bo‘ladi. 

Tog‘li hududlarda kechasi 28-29 mayda 5–10° iliq, 30–31 mayda 8–13°, kunduzi 28-30 mayda 18–23°, 31 mayda 15–20 daraja iliq bo‘lgan harorat kuzatiladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!