Masjid ochib berishga ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Masjid ochib berishga ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda, fuqaro Dilshod.R. fuqaro Alisher.R.ga hashar yo‘li bilan obod etilgan “Ko‘k to‘nli ota” nomli masjidni ochilishi uchun yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ruxsatnoma olib berishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan 4500 AQSh dollari va 27 mln. so‘m pullarni olib, o‘z ehtiyojiga sarflab yuborganligi aniqlangan.

Yana bir holatda fuqaro Dilshod.R. fuqaro Maqsud.T.ning farzandini ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan 1000 AQSh dollarini olib, shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan, fuqaro Dilshod R.ga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!