Leopard besh yoshli qizchani onasining ko‘z oldida g‘ajib tashladi

Leopard besh yoshli qizchani onasining ko‘z oldida g‘ajib tashladi

Hindistonning Maxarashtra shtatida leopard besh yoshli qizchaning o‘limiga sabab bo‘ldiyu Bu haqda The Times of India nashri xabar bermoqda.

Qizcha onasi bilan birga qishlog‘idan 75 kilometr narida joylashgan Sakori qishlog‘iga buvisini ko‘rib kelish niyatida yo‘lga chiqqan. Hodisa makkajo‘xori dalasida, ular chorva uchun yemish qidirayotgan paytda yuz bergan. Sal narida kuzatib turgan leopard qizchaning bo‘ynidan tishlab olgan va uzoqqa sudrab ketgan.

Qishloqliklar go‘dakka yordam berishga shoshilishdi va yirtqichni toshbo‘ron qilishdi. Qizcha darhol shifoxonaga yetkazildi, shifokorlar uni tekshirib ko‘ribYU o‘lim qayd etishdi. Hukumat marhum qizaloqning ota-onasiga 1,5 million rupiy (1,4 million rubl) tovon puli to‘lashga va’da berdi.

Ertasi kuni tongda yirtqich qishloq atrofiga o‘rnatilgan tuzoqqa tushdi. Mahalliy aholi qishloq atrofida kezib yuruvchi uch yoki to‘rtta leopardni ko‘rganliklarini aytishgan. Yirtqichlar aholining buzoqlari va itlarini bo‘g‘izlab ketmoqda. Bir necha oy avval qonxo‘r yirtqichlardan biri amakisi biban motosiklda ketayotgan talaba qizga hujum qilgan. Qiz uncha xavfli bo‘lmagan jarohat olgani aytilmoqda. Profilaktika tadbirlari doirasida tunda okrugni patrul aylanib chiqadigan bo‘ldi.

Yanvar oyida Hindistonning Gujarat shtatida to‘rt nafar odamning o‘limida aybdor deb hisoblanayotgan leopardni qo‘lga oladi. Yirtqich dehqonlar ishlayotgan maydonga to‘satdan bostirib keladi va ikki yoshli bolani o‘ldiradi, sakkiz yashar qizchaga tashlanadi. Natijada qizcha og‘ir jarohatlangan, lekin tirik qolgan. Shu kuni tunga leopard fermerlar tomonidan otib o‘ldirilgan.

lenta.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!