Jizzaxda ehtiyotsizlik sabab yo‘lovchini o‘ldirib qo‘ygan haydovchi qamaldi

Jizzaxda ehtiyotsizlik sabab yo‘lovchini o‘ldirib qo‘ygan haydovchi qamaldi

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat joriy yilning 7 yanvar kuni Zomin tumani «Peshag‘or» mahallasida sodir bo‘lgan. Taksistlik bilan shug‘ullangan haydovchi o‘ziga tegishli bo‘lgan Nexia avtomobilida qarz undirish tashvishida yurgan tanishini manziliga olib borgan.

Bu orada mashinaga yana bir hamqishlog‘i o‘tirgan. Ular spirtli ichimlik ichib, ziyofat uchun dala maydonini tanlagan. Haydovchi kimdir bilan telefonda gaplashib, jahl ustida mashinani orqaga haydagan. Aynan o‘sha payda mashinaning orqasida yotgan yo‘lovchilardan birining boshi jarohatlangan. Haydovchi bu xatti-harakatidan qo‘rqib ketib, yo‘lovchini tashlab ketishga qaror qilgan. Haydovchi yana bir sherigini jabrlanuvchi hushiga kelgach, o‘zi ketishiga ishontirgan va kimdir unga telefon qilib so‘rasa, uni bekatda qoldirganligini aytishiga ko‘ndirgan.

Ushbu holat yuzasidan sud ishi JIB Jizzax viloyati Zomin tumani sudida ko‘rib chiqildi. Sud majlisida haydovchi e’tiborsizligi sabab bir inson hayotiga zomin bo‘lganligini, unga tibbiy yordam yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rmaganligini tan olib, kechirim so‘ragan.

Sudlanuvchiga JKning tegishli moddalariga asosan, 3 yil barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinib, 3 yil-u 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!