Uch yirik asteroid Yer yaqinidan uchib o‘tadi — NASA

Uch yirik asteroid Yer yaqinidan uchib o‘tadi — NASA

NASA olimlari Yerga uch yirik asteroid yaqinlashayotgani haqida xabar berishdi.

Ularning eng kattasi (260 metr) — 2024 MT1 nomli asteroid 8 iyul kuni sayyoramizdan 937 ming kilometr olisdan o‘tib ketadi.

Ikkinchi asteroidning kattaligi 120 metr, 10 iyulda Yerdan 2 700 000 km uzoqlikda uchib o‘tadi.

Uchinchi asteroid ham taxminan ikkinchi asteroid kattaligida bo‘lib, 11 iyulda Yerga 2 620 000 kilometrgacha yaqinlashadi.

Asteroidlarning hech biri sayyoramiz uchun xavf solmasligi aytilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!