AQSh Yaponiyada 48 ta F-35A qiruvchi samolyotini joylashtirishni rejalashtirmoqda

AQSh Yaponiyada 48 ta F-35A qiruvchi samolyotini joylashtirishni rejalashtirmoqda

AQSh yaqin bir necha yil ichida Yaponiyaga 48 ta beshinchi avlod F-35A qiruvchi samolyotlarini joylashtirishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda Yaponiya Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Yosimasa Xayashi matbuot anjumanida jurnalistlarga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yaqin bir necha yil ichida Yaponiyaning Misava harbiy-havo bazasida 48 ta F-35A va 36 ta F-16 qiruvchi samolyotlari joylashtiriladi. Shu bilan birga, ular mos ravishda Misavada joylashtirilgan F-16 va F-15 ni almashtiradilar. «Biz buni AQSh Qurolli Kuchlari salohiyatini, shuningdek, Yaponiya-Amerika ittifoqining oldini olish va javob berish salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan qadam sifatida qaraymiz», dedi u.

Avvalroq Pentagon ham tegishli rejalarini e’lon qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!