“Biz Falastinni albatta tan olamiz! Ammo keyin..."

“Biz Falastinni albatta tan olamiz! Ammo keyin..."

Buyuk Britaniyadagi muxolifatdagi Leyboristlar partiyasi rahbari Kir Starmer, partiyaning avval e’lon qilingan manifestiga qaramay, 4 iyulga belgilangan bo‘lajak saylovlarda kutilgan g‘alabadan keyin Yaqin Sharq davlatini tan olishni kechiktirishga qaror qilib, Falastinni tan olish haqidagi fikrini o‘zgartirdi.

Falastinni tan olishni kechiktirish qarori Starmerning Britaniyaning AQSh bilan munosabatlariga putur yetkazmaslik istagi bilan bog‘liq.

The Telegraph va The Times gazetalarining yozishicha, Leyboristlar partiyasi rahbari Falastinni rasman tan olish rejalarini kechiktirmoqda, chunki bu Jo Bayden ma’muriyati bilan kelishmovchilikka olib kelishidan qo‘rqmoqda.

Qaror uning partiyasi o‘z manifestida Isroil va HAMAS o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari yakunlanishini kutmasdan, Falastin davlatini tan olishga va’da berganiga qaramay qabul qilindi.

Leyboristlar partiyasi yetakchisiga yaqin manbaning The Times gazetasiga aytishicha, Falastinni tan olish »ittifoqchilar bilan kelishilgan holda« amalga oshirilsa, »eng katta ta’sir ko‘rsatadi".

✍️ Hozirda dunyoning 145 ga yaqin davlati Falastin davlatini tan olgan bo‘lsada, ko‘p sonli G‘arb davlatlari, jumladan, AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya va Germaniya «ikki davlat» tuzish haqidagi diplomatik chaqiriqlarga qaramay, haligacha Falastin davlatini tan olishmayapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!