O‘zbekiston milliy statistika tizimi xalqaro global baholashdan o‘tkazildi

O‘zbekiston milliy statistika tizimi xalqaro global baholashdan o‘tkazildi

Xalqaro amaliyotda statistika idoralarining faoliyati global baholashdan o‘tkazib boriladi. Global baholashning maqsadi xalqaro va Yevropa ko‘rsatmalari va tavsiyalariga, shu jumladan, BMTning rasmiy statistikani asosiy tamoyillari va Yevropa statistikasi amaliyot kodeksiga muvofiq, rasmiy statistikani tayyorlashda institusional, tashkiliy va texnik salohiyatni chuqur va har tomonlama tahlil qilishdan iborat.

Shu bois O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligiga “O‘zbekiston milliy statistika tizimini global baholash” maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa iqtisodiy komissiyasi ekspertlar guruhi tashrif buyurdi.

Dastlab xalqaro ekspertlarga so‘nggi yillarda statistika tizimida amalga oshirilgan islohotlar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar, sohaga zamonaviy AKTning joriy etilishi, vazirlik va idoralar bilan axborot almashinuvida integrasiya jarayonlari hamda ochiqlik borasida xalqaro reytinglardagi natijalar borasida batafsil axborotlar berilib, taqdimotlar qilindi.

Xalqaro ekspertlar guruhi, Global baholash doirasida rasmiy statistikaning boshqa ishlab chiqaruvchilari, jumladan, Markaziy bank, Iqtisodiyot va moliya vazriligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa tegishli idoralar vakillari bilan uchrashib, ularning rasmiy statistika bo‘yicha faoliyatini o‘rganishdi.

O‘zbekistondagi xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, BMT vakolatxonasi, BMT taraqqiyot dasturi, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va UNICEF kabi tashkilotlar vakillar bilan hamda Statistika agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari, OAV, oliygohlar vakillari va boshqa faollar bilan uchrashilib, agentlik bilan o‘zaro hamkorligi, rasmiy statistikadan foydalanish darajasi, hamkorlikdagi loyihalar istiqbollari muhokama qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!