Eron Tojikistonga 4 ta shart qo‘ydi

Eron Tojikistonga  4 ta shart qo‘ydi

30 iyun kuni Eron Vazirlar kengashi Tojikiston bilan vizani bekor qilish haqidagi maktubni imzoladi va chop etdi. Bu haqda «Azia-Plyus» Eronning Tojikistondagi elchixonasiga tayanib xabar berdi.

Ushbu maktubga ko‘ra, Eron Tashqi ishlar vazirligi zimmasiga Eron va Tojikiston o‘rtasida viza rejimini bekor qilish qoidalarini amalga oshirish vazifasi yuklangan.

Shu bilan birga, Eron mamlakatlar o‘rtasida «vizasiz» sayohatlar ishlay boshlaydigan bir nechta shartlarni ilgari surdi:

- vizasiz qolish muddati: 30 kun;

- sayohat shakli: faqat havo orqali;

- yo‘nalish: faqat Dushanbedan Tehronga va orqaga;

- amalda bo‘lish sharti: vizasiz rejim ikki tomonlama kuzatilgan taqdirda amal qiladi.

Viza rejimini bekor qilish sanasi tez orada aniqlanadi

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Eron tomonining qaroridan xabardor ekanligini ta’kidlab, “tegishli hujjatlar Eron TIVda ko‘rib chiqilayotgani, shundan so‘ng bu haqda bizning tomonimiz rasman xabardor qilinishini ma’lum qildi", - dedi.

Hujjatlarni tayyorlash jarayoni yakunlangandan keyingina vizasiz rejimning kuchga kirish sanasi aniqlanishini qo‘shimcha qilishdi.

Eronning Tojikistondagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, Eron Vazirlar kengashi Tojikiston va Eron o‘rtasida mamlakatning avvalgi prezidenti Ibrohim Raisiy hayotligi davrida viza rejimini bekor qilish to‘g‘risidagi maktubni imzolagan. Ammo Ibrohim Raisiyning o‘limi bu masala 1 iyulga qoldirilgan.

Eronning Tojikistondagi elchixonasi xabar berishicha, Eron va Tojikiston tashqi ishlar vazirliklari hozirda tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qilmoqda.

Tojikiston va Eron o‘rtasidagi viza rejimining bekor qilinishi Eronning marhum prezidenti Ibrohim Raisiyning Dushanbega so‘nggi tashrifi bilan bog‘liq. 2023 yil noyabr oyida uning tashrifi chog‘ida vizani bekor qilish bo‘yicha memorandum imzolangan.

O‘shanda vizasiz rejim ichki tartib-qoidalar bajarilgandan so‘ng rasman kuchga kirishi aytilgan edi. Biroq shu paytgacha bu jarayon har ikki tomonda ham to‘liq yakunlanmagan.

Prezidentlar memorandum imzolaganidan so‘ng Tojikiston Adliya vazirligining yagona axborot-huquqiy resursida tafsilotlar e’lon qilindi. Hujjatda vizani bekor qilishdan maqsad do‘stona munosabatlarni rivojlantirish ekani ta’kidlangan.

Hujjatga ko‘ra, ikki davlat fuqarolarining tijorat, ishbilarmonlik, sayyohlik maqsadlarida hamda istalgan transport vositalari haydovchilari tomonidan yuk va yo‘lovchilarni tashish uchun 30 kun muddatga vizasiz o‘zaro tashriflariga ruxsat etiladi.

“Biroq boshqa davlatda o‘qish, ishlash yoki jurnalistik faoliyat bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan ikki davlat fuqarolari viza olishlari shart”, — deyiladi hujjatda.

Memorandumda aytilishicha, tomonlar hech qanday tushuntirishsiz "nomaqbul shaxslar"ga vizasiz kirishni rad etishlari yoki bunday shaxslarning o‘z hududida yashashini to‘xtatishi mumkin. Tomonlar, shuningdek, "jamoat tartibi, milliy xavfsizlik va aholi salomatligini ta’minlash maqsadida" ushbu memorandum qoidalarini to‘liq yoki qisman to‘xtatib qo‘yishlari mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!